Ilon Mask Twitter’ni pulli qilmoqchi 

Olam

image

Twitter tijorat va davlat foydalanuvchilari uchun pulli bo‘lishi mumkin. Bu haqda ijtimoiy tarmoqni sotib olgan tadbirkor Ilon Mask o‘zining mikroblogida ma’lum qildi.  

“Twitter oddiy foydalanuvchilar uchun doim bepul bo‘ladi, lekin tijorat, davlat foydalanuvchilari uchun ko‘p bo‘lmagan to‘lov bo‘lishi mumkin”, deb yozgan u. 

Eslatib o‘tamiz, Mask Twitter’ni 44 milliard dollarga sotib olgan edi.  

Xalqaro Jurnalistlar Federatsiyasi (IFJ) Ilon Maskning Twitter’ni sotib olishini ommaviy axborot vositalari erkinligi uchun “yomon xabar” deb atagandi.


Maqola muallifi

Teglar

Twitter Ilon Mask

Baholaganlar

198

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing