Ilon Mask Twitter'ga pullik funksiyalarni qo‘shmoqchi

Olam

image

Amerikalik tadbirkor va dunyoning eng boy odami Ilon Mask Twitter ijtimoiy tarmog‘ini sotib olganidan keyin unga tezlik bilan pullik funksiyalarni joriy qilishni boshladi. Endilikda kompaniya o‘zining mashhur foydalanuvchilariga shaxsiy xabarlarni jo‘natish imkoniyatini berish ustida ishlamoqda. Bu haqda "New York Times" nashri xabar berdi.

Nashrning yozishicha, alohida videolarni tomosha qilish uchun ham pullik xizmatlar joriy qilinadi. Pullik funksiyalarni joriy qilish haqidagi munozaralar Mask Twitter'ni sotib olganidan boshlangan.

Qayd etilishicha, ushbu chora-tadbirlar tezkor foyda olishga qaratilgan. Sababi Ilon ijtimoiy tarmoqning egasi Jek Dorsi bilan 44 milliard dollarlik bitimni yakunlash uchun katta foiz evaziga 13 milliard dollar miqdorida kredit olgan. Shuningdek, Mask Twitter’ning xodimlari 50 foizga qisqartirishi mumkin. Hozirda kompaniyada 7 ming kishi mehnat qilmoqda. Bu degani 3,5 kishi ishdan bo‘shatilishi mumkin.

Shuningdek, Mask Twitter'ni anchayin erkinroq platformaga aylantirishni mo‘ljallamoqda. Ya’ni, foydalanuvchilar kamdan kam hollarda bloklanadi. "New York Times" ekspertlariga ko‘ra, bu yirik tadbirkorlarning Twitter'da o‘z mahsulotlarni reklama qilishini to‘xtatishiga olib kelishi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Ilon Mask Twitter

Baholaganlar

29

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing