Ilon Mask Starship kosmik kemasi portlashi sababini ma’lum qildi 

Texnologiya

image
0:00
0:00
download

Avvalroq, amerikalik multimilliarder Ilon Maskning SpaceX kompaniyasiga tegishli Starship kosmik kemasi prototipi qo‘nishi paytida portlab ketgani haqida xabar bergandik. 

Ilon Mask Twitter'dagi sahifasida Starship SN11 kosmik kemasi prototipining portlashi sababini aytib o‘tdi.  

Uning so‘zlariga ko‘ra, hodisa 2 raqamli dvigatelga metanning biroz sizib chiqishi tufayli sodir bo‘lgan. 

Mask natijada, dvigatelda yong‘in sodir bo‘lgani va kemaning elektron uskunasining bir qismi yonib ketganini tushuntirgan. 

"Bu yakshanba kunigacha aniqlanadi", degan u ijtimoiy tarmoqda. 

Starship kosmik kemasi va o‘ta og‘ir raketasi Yerga yaqin orbita, Oy va Marsga ekipaj va yuklarni olib chiqishga mo‘ljallangan.  

Ma’lumot o‘rnida, o‘ninchi Starship prototipi ham qo‘nishidan bir necha daqiqa o‘tgach portlagandi.


Maqola muallifi

Teglar

Ilon Mask kosmik kema

Baholaganlar

144

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing