Ilon Mask Oq uy majmuasidan ofis oladi – NYT
Olam
−
14 yanvar
1521Amerikalik milliarder Ilon Mask Oq uy kompleksidan o‘ziga ofis oladi. Bu haqda manbalarga tayanib, “The New York Times” nashri xabar berdi.
“Janob Mask uchun mo‘ljallangan xona Oq uyga tutashgan Eyzenxauer ma’muriy binosida joylashgan”, deyiladi xabarda.
Bundan tashqari, Mask AQSH Prezidentining ofisi joylashgan Oq uyning G‘arbiy qanotiga maxsus ruxsatnoma olish masalasini amaldorlardan so‘ragan, biroq hozircha javob olmagan.
Maskga shaxsiy ofis ajratilishi sababi u AQSHning saylangan prezidenti Donald Tramp tashabbusi bilan tashkil etilgan Davlat samaradorligi boshqarmasini (DOGE) sobiq prezidentlikka nomzod Vivek Ramasvami bilan birgalikda boshqarishi kutilmoqda.
Mask va Ramasvamining fikricha, AQSHning hozirgi moliyaviy siyosati demokratiya uchun “ekzistensial tahdid” hisoblanadi. Shu sababli ular qat’iy choralar ko‘rishga chaqirmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tesla, SpaceX va X ijtimoiy tarmog‘i egasi Ilon Mask Donald Trampning Oq uyga qaytishiga yordam berish uchun qariyb 260 million dollar sarflagani xabar qilingan edi.
LiveBarchasi
Samarqand shahrida metro quriladi.
14 yanvar
Dollar kursi pastladi.
14 yanvar