Ilon Mask miya chipi tajribasi uchun ko‘ngillilarni qidiryapti
Texnologiya
−
21 sentabr 2023 8004 1 daqiqa
Ilon Mask tomonidan asos solingan Amerikaning Neuralink neyrotexnologiya kompaniyasi falaj insonlarni miyasiga chip o‘rnatish bo‘yicha klinik sinovlar uchun ko‘ngillilarni qidirmoqda. Bu haqda kompaniya saytida xabar berildi.
Qayd etilishicha, mazkur tajriba tadqiqoti implantning o‘zi, shuningdek, chipni implantatsiya qilishda foydalaniladigan jarrohlik robotining xavfsizligini baholashga qaratilgan.
Bunday operatsiya falaj odamlarga o‘z fikrlari bilan tashqi qurilmalarni boshqarish imkonini berishi kerak.
“Tadqiqot davomida R1 roboti miyaning harakatni boshqaradigan sohasiga o‘ta yupqa va egiluvchan implant iplarini jarrohlik yo‘li bilan joylashtirish uchun ishlatiladi”, deyiladi xabarda.
Ta’kidlanishicha, implant o‘rnatilgandan so‘ng u kosmetik nuqtai nazardan ko‘rinmas bo‘lib qoladi.
Live
BarchasiIspaniya migrantlarni Seutani tark etishga majbur qilish uchun ularni suv va o‘tsiz qoldirmoqda
17:40
Toshkentdagi o‘pirilib tushgan yo‘l o‘tkazgich qurilishida 7,4 mlrd so‘m yeb yuborilgani ayon bo‘ldi
17:28