Ilon Mask MDHda Tesla zavodlari paydo bo‘lishini ma’lum qildi

Texnologiya

image
0:00
0:00
download

Amerikalik tadbirkor Ilon Mask tez kunlarda Rossiya, Qozog‘iston va MDHning boshqa mamlakatlarida elektromobillar ishlab chiqaruvchi Tesla fabrikalari paydo bo‘lishini ma’lum qildi.  

“O‘ylaymanki, tez orada Rossiyada Tesla paydo bo‘ladi. Menimcha, bu ajoyib bo‘ladi. Shuningdek, Qozog‘iston, MDH davlatlariga ham e’tibor qaratish kerak. Bu biz uchun muhim, shuningdek, bizga Tesla’ni qo‘llab-quvvatlovchi odamlar ham muhim”, degan tadbirkor. 

Maskga ko‘ra, Tesla Rossiyani avtomobil zavodlari uchun mumkin bo‘lgan joy sifatida ko‘rib chiqmoqda. 

Mask Tesla fabrikasi Xitoyning Shanxay shahrida faoliyat yuritayotganini va AQSHning Kaliforniya va Texas shtatlarida uning filiallari qurilayotganini ta’kidlagan. 

Avvalroq, Ilon Mask yengil vazn toifasidagi UFC jangchisi Benil Dariushga Tesla sovg‘a qilgani haqida xabar bergandik.


Maqola muallifi

Teglar

Ilon Mask

Baholaganlar

323

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing