Ilon Mask kitob yozishni boshladi 

Olam

image

Amerikalik tadbirkor Ilon Mask o‘zining Tesla va SpaceX kompaniyalari haqida kitob yozishni boshladi. Bu haqda u Twitter'dagi sahifasida ma’lum qilgan

"Tesla va SpaceX tarixini gapirib berish vaqti keldi. Yer va Mars", deb yozgan tadbirkor. 

Avvalroq, Maskning boyligi bir hafta ichida 11,5 milliard dollarga o‘sgani haqida xabar berilgan edi.

O‘tgan yil davomida tadbirkorning boyligi ortishining asosiy sababi Tesla kapitallashuvining o‘sishi bo‘ldi. 
2020 yil boshida u 100 milliard dollardan kam bo‘lgan bo‘lsa, bugungi kunga kelib 800 milliard dollardan oshgan. 

Ma’lumot o‘rnida, Ilon Maskga tegishli bo‘lgan Neuralink kompaniyasi yaqin oylarda odamlarda chiplashtirish sinovlarini boshlashni rejalashtirmoqda. 


Maqola muallifi

Teglar

Ilon Mask

Baholaganlar

47

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing