Ilon Mask Xitoyga borishni rejalashtirmoqda
Olam
−
31 mart 2023
5239Tesla bosh ijrochi direktori Ilon Mask joriy yilning aprel oyida Xitoyga safar qilib, mamlakat bosh vaziri Li Syan bilan uchrashishni rejalashtirmoqda. Bu haqda "Reuters" xabar berdi.
Qayd etilishicha, ushbu tashrifning aniq vaqti Xitoy bosh vazirining ish jadvaliga bog‘liq. Ma’lumot uchun, Xitoy Tesla'ning AQSHdan keyingi ikkinchi eng yirik bozori hisoblanadi. Shuningdek, Shanxaydagi elektromobil zavodi kompaniyaning eng yirik ishlab chiqarish markazi sanaladi.
Maskning tashrifi Xitoyda COVID-19 pandemiyasi boshlanganidan beri birinchisi bo‘ladi. Tesla rahbari ushbu mamlakatga oxirgi marta 2020 yilda borgan va o‘shanda Shanxaydagi zavodda tashkil etilgan tadbirda raqs tushib, shov-shuvlarga sabab bo‘lgandi. Maskning rejalashtirilgan tashrifi, shuningdek, Xitoy uch yillik COVID cheklovlari tufayli zarar ko‘rgan iqtisodiyotni mustahkamlashga yordam berish uchun ko‘proq xorijiy investitsiyalarni jalb qilishga urinayotgan bir paytda amalga oshmoqda.
Mask va Li qaysi mavzu bo‘yicha uchrashishiga aniqlik kiritilmagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turkiyadagi zilziladan so‘ng Ilon Mask Starlink tarmog‘i bilan yordam berishni taklif qilgan, mamlakat esa buni rad etgandi.
Nodirjon Madaminov
LiveBarchasi