Ilon Mask karantin qoidasini buzdi. Tramp buni ma’qulladi

Olam

image

AQSH Prezidenti Donald Tramp Kaliforniyada avtomobillar ishlab chiqarishni qayta tiklashga qaror qilgan Tesla elektr avtomobil kompaniyasi asoschisi Ilon Maskni qo‘llab-quvvatladi. Shu bilan birga, mahalliy hokimiyat bunday qarorga qarshi chiqdi.

“Kaliforniya Tesla va Ilon Maskga zavodni darhol ochishga ruxsat berishi kerak. Buni tez va xavfsiz ravishda amalga oshirish mumkin“, deb yozdi Tramp o‘zining Twitterʼdagi sahifasida.

Kecha, 12 may kuni avtomobilsozlik kompaniyasi rahbari o‘z blogida mahalliy hokimiyatning taqiqiga qaramay zavodni ochishini yozgan edi. U kerak bo‘lsa, politsiyaga uni hibsga olishni taklif qildi.

Tesla asoschisi 9 may kuni zavodning qayta tiklanishi haqida e’lon qildi. Kompaniya sog‘liqni saqlash ma’lumotlariga asoslanib Kaliforniya gubernatori Gavin Nevsomning tavsiyalarini inobatga olishga va’da berdi. Kompaniya ta’kidlashicha, ular “yaxshi ishlaydigan xavfsizlik rejasini“ ishlab chiqishgan. Bundan tashqari, ish joyiga qaytish AQSH hukumati avtoulov ishlab chiqaruvchilarni aholini hayotni qo‘llab-quvvatlash ob’ektlari deb ataganligi bilan oqlandi.

O‘z navbatida, zavod joylashgan tuman ma’muriyati Teslaʼning muloqot qilishga urinishiga qaramay, o‘z ishini tiklashga qarshi chiqdi. Kompaniya rahbariyati mahalliy hukumatning taqiqlarini noqonuniy deb topish uchun sudga murojaat qildi va Mask kompaniyaning bosh ofisini Kaliforniyadan ko‘chirishga qaror qildi.

 

Maqola muallifi

Teglar

Donal'd Tramp Karantin Ilon Mask Tesla

Baholaganlar

222

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing