“Ilon Mask — gangster”. Milliarder UFC jangchisiga Tesla sovg‘a qildi

Olam

image

Sayyoramizning eng boy odamlaridan biri, Tesla va SpaceX kompaniyalari asoschisi Ilon Mask yengil vazn toifasidagi UFC jangchisi Benil Dariushga avtomobil yetkazib berdi. Bu haqda sportchining menejeri Ali Abdel-Aziz o‘zining Twitter sahifasida ma’lum qildi.

“Ilon Mask Dariushga uning buyurtmasi tayyor bo‘lguncha bepul avtomobil yubordi. Ilon — gangster”, deydi Ali Abdel-Aziz. 

Eslatib o‘tamiz, Benil Dariush 15 may kuni Toni Fergyusonga qarshi g‘alabaga erishgach, milliarder Maskga murojaat qilgandi. O‘z murojaatida amerikalik jangchi Ilonga chaqiriq bilan chiqib, quyidagilarni aytgan:

“Men bir odamga chaqiriq bilan chiqmoqchiman. Bu Ilon Mask. Ilon Mask, xotinimning avtomobili qani? Unga 6 oy oldin buyurtma berilgan, biroq haligacha kelmadi. 

Biz farzand kutyapmiz, menga yaxshi avtomobil kerak. Men o‘z farzandim xavfsizligini ta’minlashim kerak. Shunday ekak, Ilon bo‘laqol, men o‘z avtomobilimni kutyapman”.

Ma’lumot uchun, Dariush va Fergyuson UFC 262 musobaqasi doirasida jang o‘tkazdi. Bahs 5 raund davom etdi va hakamlar bir ovozdan Dariushni g‘olib deb e’lon qildi. Bu sportchi faoliyatidagi 21-g‘alaba bo‘ldi. U jami 26 ta jang o‘tkazgan. Janglarning biri durang va 4 tasi mag‘lubiyat bilan tugagan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

426

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing