Ilon Mask dunyoning eng boy ikkinchi odamiga aylandi – Bloomberg

Olam

image

SpaceX va Tesla kompaniyalari rahbari Ilon Mask “Bloomberg” talqiniga ko‘ra, dunyoning eng boy odamlari reytingida ikkinchi o‘rinni egalladi. U Microsoft asoschisi Bill Geytsdan oldinga chiqib oldi.

Ta’kidlanishicha, Maskning boyligi 127,9 milliard dollarga yetgan, yil davomida u 100,3 milliard dollar ishlab topgan. 

Bill Geyts esa 127,7 milliard dollar kapitali bilan uchinchi o‘rindan joy olgan. 

Amazon asoschisi Jeff Bezos Bloomberg Billionaires Index reytingining o‘zgarishsiz yetakchisi bo‘lib qolmoqda. Uning boyligi 182 milliard dollarga baholangan. 

Shuningdek, dunyoning eng badavlat besh odami qatoridan Louis Vuitton Moët Hennessy Prezidenti Bernar Arno va Facebook asoschisi Mark Sukerberg ham joy olgan.


Maqola muallifi

Teglar

REYTING ILON MASK ENG BOY

Baholaganlar

426

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing