Mask Marsga qachon inson qadami yetishini aytdi
Texnologiya
−
02 dekabr 2020 9933 1 daqiqa
Mars sayyorasiga birinchi odam yaqin olti yil ichida borishi mumkin. Bu haqda SpaceX asoschisi Ilon Mask aytib o‘tdi.
“Olti yildan keyin bo‘lishiga ishonchim komil”, degan Mask Marsga inson qadami yetishi haqida gapirib.
Uning so‘zlariga ko‘ra, qulay vaziyat bo‘lsa, parvoz to‘rt yilda ham amalga oshirilishi mumkin.
Ma’lumot uchun, milliarder Ilon Maskning loyihalaridan biri bu Marsni o‘zlashtirish hisoblanadi. Maskning SpaceX kompaniyasi mahsuloti bo‘lgan Starship kemasi 2024 yildayoq ekipaj bilan Qizil sayyoraga sayohat qilishi kutilmoqda. Tadbirkorning asosiy maqsadi - millionga yaqin Mars kolonistlari istiqomat qiladigan birinchi shahar yaratish.
Avvalroq, Ilon Mask “Bloomberg” talqiniga ko‘ra, dunyoning eng boy odamlari reytingida ikkinchi o‘rinni egallagandi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr