Ilon Mask muammolar sababli Kaliforniyadan ko‘chib ketdi

Olam

image

Amerikalik tadbirkor Ilon Mask AQSHning Kaliforniya shtatidan Texas shtatiga ko‘chib o‘tganini ma’lum qildi. Bu haqda u "The Wall Street Journal" nashriga bergan intervyusida aytib o‘tgan. 

Maskning aytishicha, ko‘chish uchun harakat bir necha oy avval boshlangan. 

Ma’lumot o‘rnida, Ilon Maskning Tesla kompaniyasi Texasda yangi zavod qurishni rejalashtirgan. Bungacha tadbirkor Kaliforniya ma’murlari bilan nizolar doirasida ishlab chiqarishni Nevada va Texasga ko‘chirish bilan tahdid qilgan.

Qarama-qarshiliklarga Alamida okrugi ma’muriyatining koronavirus tarqalishi sababli Tesla zavodida ishni qayta tiklashga qo‘ygan taqiqi sabab bo‘lgan.

Avvalroq, Ilon Maskning qo‘l ostida ishlaydiganlar undan qanchalik qo‘rqishi haqida ma’lumot bergandik.


Maqola muallifi

Teglar

ILON MASK

Baholaganlar

394

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing