Ilon Mask Amazon'ni monopol deb atab, uni bo‘lib yuborishni taklif qildi
Olam
−
05 iyun 2020
7151Ilon Mask Amazon kompaniyasini monopolist deb atadi va kompaniyani bo‘lib yuborishga chaqirdi. Bu haqda SpaceX va Tesla rahbari Twitter'da aytib o‘tdi.
Ta’kidlash joizki, dunyodagi eng yirik onlayn-chakana sotuvchi kompaniya Aleks Berenson qalamiga mansub koronavirus to‘g‘risidagi kitobini o‘z platformasida joylashtirishdan bosh tortgandan so‘ng sodir bo‘ldi. Bu hodisa Amazon xizmatidan foydalanuvchilarni ham e’tiroziga sabab bo‘ldi.
Time to break up Amazon. Monopolies are wrong!
— Elon Musk (@elonmusk) June 4, 2020
Ma’lumot uchun, Mask va Amazon asoschisi Jeff Bezos bilan kosmosda ham raqobatlashadi. Jeff Bezos Blue Orign aerokosmik kompaniyasiga egalik qiladi. Blue Orign SpaceX kompaniyasining eng katta raqobatchilaridan hisoblanadi. Bundan tashqari, Bezos Mask Tesla fabrikasini karantin sabab yopishini istamagani sababli Kaliforniyaning Alamida okrugi ma’murlari bilan mojaroga duch kelgan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 31 may kuni Ilon Mask rahbarlik qiluvchi SpaceX kompaniyasi kosmosga odam olib chiqdi. Mask bu kunni 18 yil kutgani haqida aytib o‘tgandi.
LiveBarchasi