Ilk bor o‘zbekistonlik taekvondochi qiz jahon reytingi yetakchisiga aylandi
Sport
−
04 iyul 2022
12155Koreya Respublikasi mezbonlik qilgan Osiyo chempionatidan so‘ng taekvondochilarning yangilangan reytingi e’lon qilindi. Ahamiyatlisi, Charos Qayumova ayollar jadvalida ilk bor peshqadamga aylandi. O‘zbekiston tarixida hech qaysi taekvondochi qiz bunday yuksak natija qayd etmagan edi.
Shuningdek, qit’a birinchiligida muvaffaqiyatli ishtirok etgan boshqa o‘zbekistonlik sportchilar ham reytingdagi o‘z o‘rinlarini mustahkamlab olishdi. Umumiy hisobda kuchli o‘nlikda jami 6 nafar o‘zbek taekvondochilarni ko‘rish mumkin.
Reytingda eng yaxshi ko‘rsatkichga ega o‘zbekistonlik taekvondochilar bilan tanishing:
-63 kg:
1. Xoan Kala (Ispaniya) – 140,74 ochko;
13. Niyoz Po‘latov (O‘zbekiston) – 64,90.
-68 kg:
1. Bredli Sinden (Buyuk Britaniya) – 293,44;
2. Ulug‘bek Rashitov (O‘zbekiston) – 262,31.
-74 kg:
1. Daniel Kesada (Ispaniya) – 132,58;
10. Jasurbek Jaysunov (O‘zbekiston) – 80,40.
-80 kg:
1. Maksim Xramsov (Rossiya) – 304,34;
9. Shuhrat Salayev (O‘zbekiston) – 141,13.
-87 kg:
1. Migel Soaresh (Braziliya) – 190,64;
13. Nikita Rafalovich (O‘zbekiston) – 61,60.
+87 kg:
1. Vladislav Larin (Rossiya) – 259,96;
25. Shohruh Rajabov (O‘zbekiston) – 56,87.
Ayollar:
-53 kg:
1. Charos Qayumova (O‘zbekiston) – 126,84;
2. Tatyana Minina (Rossiya) – 116,70.
-62 kg:
1. Kerolayn Santos (Braziliya) – 202,24;
4. Feruza Sadikova (O‘zbekiston) – 111,71.
+73 kg:
1. Byanka Uolkden (Buyuk Britaniya) – 352,07;
7. Svetlana Osipova (O‘zbekiston) – 156,07.
Avvalroq, Janubiy Koreyada o‘tkazilgan taekvondo bo‘yicha Osiyo chempionatida o‘zbekistonlik sportchilar umum jamoa hisobida birinchi o‘rinni egallagani xabar qilingandi.
Ma’ruf Abdumalikov
LiveBarchasi