Ilk bor o‘zbekistonlik karatechi JCH finaliga yo‘l oldi

Sport

image

Ayni kunlarda BAAning Dubay shahrida karate bo‘yicha kattalar o‘rtasida Jahon chempionati bahslari bo‘lib o‘tmoqda.

Bugun, 16 noyabr kuni 75 kg vazn toifasidagi janglarda karate WKF bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi, sport yakkakurashlari bo‘yicha Respublika oliy sport mahorati maktabi sportchisi Dostonbek Otabolayev musobaqaning finaliga yo‘l oldi.

U JCHning yarim finalida AQSH vakili Tomas Skotni 1:0 hisobida mag‘lub etdi va final yo‘llanmasiga ega chiqdi. Otabolayev 20 noyabr kuni Misr vakiliga qarshi oltin medal uchun tatamiga chiqadi.

Ushbu nufuzli musobaqada 104 ta mamlakatdan 983 nafar sportchi g‘oliblik uchun bahslarga kirishgan. Jahon chempionatida O‘zbekiston sharafini O‘ktam Bekpo‘latov boshchiligidagi 15 nafar karatechi himoya qilyapti.

Ma’lumot uchun, karate WKF bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari 23 noyabr kuni Toshkentga qaytib kelishadi.
 


Maqola muallifi

Teglar

Dubay BAA Tomas Skot Karate WKF Dostonbek Otabolaev O'ktam Bekpo'latov

Baholaganlar

51

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing