Ilk bor sudyalikka nomzodlarning imtihon topshirishi onlayn ko‘rsatiladi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sudyalarning chinakam mustaqilligini ta’minlash hamda sud tizimida korrupsiyaning oldini olish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi.

Farmon bilan Sudyalar oliy kengashi va Oliy sudning quyidagilarni nazarda tutuvchi takliflariga rozilik berildi:

a) 2021 yil 1 fevraldan boshlab sud tizimida korrupsiya holatlarining oldini olish, Kengash va sud tizimi faoliyatida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash borasida:

•    Ilk bor sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tanlash bo‘yicha imtihon jarayonlarini Internet tarmog‘i (veb-sayt) orqali onlayn tarzda boriladi;

•    Sudyalik lavozimiga nomzodlar va sudyalikning psixologik portreti bo‘yicha kasbga munosibligini baholashga ko‘maklashuvchi elektron dasturni ishlab chiqiladi va joriy qilinadi;

•    Sudya faoliyatining samaradorligini elektron reyting orqali ochiq va shaffof baholashni ta’minlaydigan aniq mezonlarni ishlab chiqilib, amaliyotga tatbiq etiladi.

b) Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar umumyurisdiksiya sudlari tashkil etilishi munosabati bilan 2021 yil 1 yanvardan ushbu sudlarning malaka hay’atlarini shakllantiriladi.


Maqola muallifi

Teglar

sud

Baholaganlar

39

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing