“Ilhom”ni hech kimga xafa qildirib qo‘ymaymiz — Saida Mirziyoyeva

Jamiyat

image
Poytaxt hokimligi “Ilhom” teatri bo‘yicha vaziyatga munosabat bildirdi north_east

Poytaxt hokimligi “Ilhom” teatri bo‘yicha vaziyatga munosabat bildirdi

Avvalroq, Toshkentdagi “Ilhom” teatri bir necha yildan buyon faoliyat yuritib kelgan binosidan quvib chiqarilayotgani haqida xabar bergan edik. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning to‘ng‘ich qizi – Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish fondi raisi o‘rinbosari Saida Mirziyoyeva Telegram’dagi shaxsiy sahifasida “Ilhom”ni hech kimga xafa qildirib qo‘ymasligini aytib chiqdi. 

“Ilhom” teatri bilan bog‘liq vaziyatga izoh bermoqchiman. 

Men o‘zim teatr san’ati muxlisiman. Ushbu masala atrofida aytilayotgan tashvishli gap-so‘zlarni eshitib, sizni ishontirib aytamanki, biz teatrimizni hech kimga xafa qildirib qo‘ymaymiz! “Ilhom” – madaniy hayotimizning faxri!”, deydi Mirziyoyeva.

Eslatib o‘tamiz, teatr ma’muriyati joriy yilning 7 fevral kuni “Shodlik” mehmonxonasi yangi sohibi "OFELOS PLAZA" MJCHdan binoni bo‘shatib qo‘yish haqida rasmiy maktub olgan.

Teatr faoliyat yuritayotgan hozirgi bino 1976 yilda teatr asoschisi Mark Vaylga berilgan. 1994 yilda xususiylashtirishdan so‘ng teatrdan beg‘araz asosda foydalangan. “Shodlik” mehmonxonasining avvalgi rahbari bilan 2023 yilgacha ijara shartnomasi tuzilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Saida Mirziyoeva

Baholaganlar

553

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing