Ilhom Aliyevning sayti Qorabog‘dagi operatsiya paytida yirik kiberhujumga uchradi

Olam

image

Qorabog‘da aksilterror choralari boshlanganidan beri Ozarbayjon Prezidentining rasmiy sayti yirik kiberhujumga uchradi. Bu haqda Ozarbayjon Maxsus aloqa va axborot xavfsizligi davlat xizmati boshqarmasi boshlig‘i Tural Mammadov “Xalqaro kiberxavfsizlik kunlari” anjumanida ma’lum qildi.

"Ozarbayjonda aksilterror choralari boshlangan paytda davlat muassasalarining internet-resurslarida ko‘plab kiberhujumlar qayd etilgan. Birgina Prezidentning rasmiy saytida 4 milliondan ortiq  DDoS hujumlari aniqlangan", deydi Mamedov.

Uning ta’kidlashicha, kiberhujumlar ko‘plab soxta domenlar orqali amalga oshirilgan.

“Xizmat ko‘rsatish mutaxassislari bunday harakatlarning oldini olishda muvaffaqiyat qozonmoqda”, degan boshqarma boshlig‘i.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 19 sentyabr kuni Ozarbayjon Mudofaa vazirligi Qorabog‘da “Ozarbayjon Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumini tiklash maqsadida” mahalliy aksilterror choralari boshlanganini e’lon qilgandi. 20 sentyabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 13:00 da mazkur tadbirlar to‘xtatildi.  Bugun, 21 sentyabr kuni Qorabog‘ arman jamiyati vakillari Ozarbayjonning mas’ul vakili bilan uchrashish uchun Yevlax shahriga yetib keldi. U yerda Ozarbayjon hukumati vakillari va Qorabog‘ning arman aholisi o‘rtasidagi muzokaralar bo‘lib o‘tdi.


Maqola muallifi

Teglar

Qorabog' Ilhom Alievning sayti

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing