Ilhom Aliyev Putin bilan uchrashish uchun Rossiyaga kelyapti

Olam

image

Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev ichshi tashrif bilan Rossiya Federatsiyasiga kelmoqda. Bugun, 20 iyul kuni Prezidentlar Vladimir Putin va Ilhom Aliyev o‘rtasida muzoralar bo‘lib o‘tadi. 

Uchrashuvda prezidentlarning Rossiya-Ozarbayjon strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlashning muhim masalalarini savdo, sarmoyaviy va gumanitar hamkorlikka e’tibor qaratib, ko‘rib chiqishi kutilmoqda.

Shuningdek, dolzarb mintaqaviy muammolar yuzasidan fikr almashish rejalashtirilgani aytilmoqda. Putinning Matbuot kotibi Peskovga ko‘ra, “Asosiy e’tibor Rossiya, Ozarbayjon va Armaniston rahbarlarining Tog‘li Qorabog‘ to‘g‘risidagi 2020 yil 9 noyabr va 2021 yil 11 yanvardagi kelishuvlarini amalga oshirish, shu jumladan, ozod quilingan hududlarni rivojlantirish, iqtisodiy va va transport aloqalari bilan bog‘liq muammolarni hal qilishga qaratiladi”. 

Ikki tomonlama munosabatlar 

Oxirgi bor ikki Prezidentning yuzma-yuz uchrashuvi joriy yilning yanvar oyida, Aliyev Moskvaga Qorabog‘ mojarosi bo‘yicha muzokaralarda qatnashish uchun kelganida bo‘lib o‘tgan edi. Boshqa tadbirlardan tashqari, Putin ozarbayjonlik hamkasbi bilan ikki tomonlama suhbat o‘tkazgan.

O‘shanda Prezidentlar Qorabog‘dagi vaziyat, Rossiya Federatsiyasi va Ozarbayjon o‘rtasidagi munosabatlarni rivojlantirish masalalariga to‘xtalgan. Rossiya rahbari Janubiy Kavkazdagi kelishuv ikki tomonlama hamkorlikka foyda keltiradi va mamlakatlarga "nafaqat iqtisodiyotda, balki gumanitar sohada munosabatlarni yanada yaqinroq, yanada tizimli asosda o‘rnatish" imkonini berishiga umid bildirgandi. 

Bundan tashqari, Putin va Aliyev muntazam ravishda telefon orqali muloqot qilib turishadi. Shunday muloqotlarning oxirgisi joriy yilning 23 iyun kuni bo‘lib o‘tdi. Unda Janubiy Kavkazda iqtisodiy aloqalarni va transport aloqalarini tiklash bo‘yicha uch tomonlama formatdagi ishlarni faollashtirishga alohida e’tibor qaratilgandi. Ozarbayjon Prezidenti matbuot xizmati xabar qilganidek, Aliyev va Putin "Rossiya-Ozarbayjon strategik sherikligini yanada mustahkamlash uchun o‘zaro kelishuvni tasdiqlaganlar" va turli darajadagi aloqalarni davom ettirishga kelishib olganlar.

Rossiya va Ozarbayjon o‘rtasidagi munosabatlar

Putin bir necha bor ta’kidlaganidek, Rossiya va Ozarbayjon o‘rtasidagi munosabatlar juda muvaffaqiyatli rivojlanmoqda. Bu birinchi navbatda iqtisodiy tarkibiy qismga taalluqlidir.

Xususan, ikki mamlakat savdo sohasida faol hamkorlik qilmoqda. Shunday qilib, o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi 2021 yilning birinchi yarmida 1,3 milliard dollardan oshdi, bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 3,7 foizga ko‘pdir. 

Birinchi yarim yillikning natijalariga ko‘ra, Rossiya Ozarbayjonning savdo sheriklari orasida Italiya va Turkiyadan keyin uchinchi o‘rinni egallab turibdi. Shu bilan birga, Rossiya Federatsiyasi Ozarbayjon mahsulotlarini import qiladigan mamlakatlar orasida etakchi hisoblanadi, uning ulushi yanvar-iyun oylarida respublika tomonidan olib kiriladigan barcha tovarlarning 17,14 foizini tashkil etdi. 

Qorabog‘ atrofidagi vaziyat

Tog‘li Qorabog‘ atrofidagi mojaro zonasidagi vaziyat 2020 yil 27 sentyabrda u yerda faol jangovar harakatlar boshlanganda keskinlashdi. O‘sha yilning 9 noyabrida Rossiya Prezidenti Vladimir Putin, Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev va Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan tomonidan imzolangan uch tomonlama bayonot mojaro zonasida harbiy harakatlarning to‘liq to‘xtashiga imkon yaratdi. Ozarbayjon va Armaniston tomonlari egallab olgan pozitsiyalarida to‘xtashdi, bir qator hududlar Baku nazorati ostiga o‘tdi, Rossiya tinchlikparvar kuchlari aloqa liniyasi va Lochin yo‘lagi bo‘ylab joylashtirildi. 

Joriy yilning 11 yanvar kuni rahbarlar Moskvada uchrashdilar. Unda tomonlar mintaqada transport-iqtisodiy aloqalarni o‘rnatishga e’tibor qaratadigan uch mamlakat bosh vazirlari o‘rinbosarlari darajasida ishchi guruh tuzishga kelishib oldilar.


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Putin Ilhom Aliev

Baholaganlar

43

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing