Ilhom Aliyev xitoylik jurnalistga Ozarbayjon finjonini maqtadi (video)
Olam
−
26 aprel 6563 1 daqiqa
Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev Xitoyning CGTN (China Global Television Network) telekanaliga bergan intervyusida ozarbayjon choyiga bag‘ishlangan qiziqarli suhbat o‘tkazdi.
Xitoyga safari chog‘ida Ilhom Aliyev Xitoy ommaviy axborot vositalaridan biriga intervyu berar ekan, davlat yetakchisini savolga tutayotgan jurnalist Ozarbayjon choyini ilk bor ichayotganini, choy quyilgan finjon ham bejirim ekanini aytgan. Bunga javoban Aliyev milliy finjonni ta’riflab ketgan.
“Bu bizning milliy finjon. Choyni issiq saqlaydi, chunki biz odatda issiq choy ichamiz”, degan Ozarbayjon yetakchisi.
Shu o‘rinda Aliyev Xitoyda choy juda issiq berilmasligini payqaganini aytib, nashr vakilidan bu qanchalik rost ekanini so‘ragan. Jurnalist esa quyidagicha javob bergan:
“Mehmon bo‘lganingiz uchun ular sizni xafa qilishni xohlamaydi. Shuning uchun ular juda xushmuomala va ehtiyotkor”, degan u.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 22 aprel kuni Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev davlat tashrifi bilan Xitoy Xalq Respublikasiga borgandi. Xitoyga bola-chaqasi bilan borgan Aliyevning Pekin safariga rafiqasi Mehribon Aliyevadan tashqari, qizi Leyla Aliyeva hamda nabiralari Mikoyil va Ali ham hamrohlik qilgandi. 23 aprel kuni Pekin shahrida Aliyev va Xitoy Raisi Si Szinpin o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tgandi.
Live
Barchasi