Ilhom Aliyev Ispaniyaga borish va Pashinyan bilan uchrashishdan bosh tortdi

Olam

image

Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev Ispaniyaning Granada shahriga tashrif buyurishdan bosh tortdi. U yerda ertaga, 5 oktyabr kuni Yevropa Ittifoqi, Fransiya va Germaniya rahbarlari ishtirokida Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan bilan uchrashuv o‘tkazilishi kerak edi. Bu haqda Ozarbayjon ommaviy axborot vositalari xabar berdi. 

Ma’lumotlarga ko‘ra, rad etishga Fransiyaning buzg‘unchi pozitsiyasi, shuningdek, Parij va Berlinning Turkiyaning uchrashuvdagi ishtiroki bo‘yicha kelishmovchiligi sabab bo‘lmoqda. 

Ta’kidlanishicha, Ozarbayjon Turkiyaning uchrashuvda ishtirok etishini taklif qilgan va bu borada qat’iy pozitsiyasini bildirgan. Biroq, asosan, Fransiya va Germaniyaning harakatlari tufayli bunday imkoniyat yaratilmadi. 

Bunday sharoitda Ozarbayjon tomoni muzokara qilishdan bosh tortdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq, Fransiya Tashqi ishlar vaziri Katrin Kolonna armanistonlik hamkasbi Ararat Mirzoyan bilan uchrashuv yakunlari bo‘yicha o‘tkazilgan matbuot anjumanida Fransiya Armaniston bilan harbiy yordam yetkazib berish bo‘yicha shartnoma imzolashga tayyorligini aytib o‘tgan edi. 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing