Ilhom Aliyev ham Toshkentga yetib keldi
Jamiyat
−
08 noyabr 2023 8124 1 daqiqa
Bugun, 8 noyabr kuni Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining navbatdagi sammitida ishtirok etish uchun Toshkentga yetib keldi. Bu haqda O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripovning matbuot kotibi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, oliy martabali mehmonni Toshkent xalqaro aeroportida Bosh vazir Aripov va boshqa rasmiylar kutib olgan. Shundan so‘ng, Aliyev o‘zi uchun ajratilgan qarorgohga jo‘nab ketgan.
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tadigan IHT sammitida ishtirok etish uchun bunga qadar, Qozog‘iston Bosh vaziri Alixan Smailov, Pokiston Bosh vaziri Anvar ul-Haq Kakar, Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov, Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an rafiqasi Emina Erdo‘g‘an hamrohligida poytaxtga yetib kelgani xabar qilingan edi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025