Ikrom Aliboyev “Neftchi” a’zosiga aylandi
Sport
−
04 yanvar
2380Avvalroq, Koreyaning “Seonnam” klubi a’zosi hisoblangan Ikrom Aliboyevni Farg‘onaning “Neftchi” klubi o‘z safiga qo‘shib olish arafasida turgani xabar qilingandi.
Bugun, 4 yanvar kuni “Neftchi” o‘z safini Aliboyev bilan kuchaytirdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Farg‘ona klubi 30 yoshli yarim himoyachi bilan 1 yillik shartnoma tuzdi.
Ma’lumot uchun, Ikrom Aliboyev 1994 yilda Toshkentda tavallud topgan. Futbolchilik faoliyati davomida Toshkentning “Lokomotiv” va “Paxtakor”, Janubiy Koreyaning “Seul”, “Tedjon” hamda “Kanvon” kabi klublarida to‘p surgan.
Ikrom Aliboyev O‘zbekistonning to‘rt karra chempioni hisoblanadi, futbolchi O‘zbekiston Superligasida yuzdan ortiq uchrashuv o‘tkazib, 10 ta gol urgan va 6 ta golga assistentlik qilgan, tajribali yarim himoyachi O‘zbekiston terma jamoasi tarkibida 28 uchrashuvda maydonga chiqqan.
“Farg‘onalik futbol muxlislari Ikrom Aliboyevga yangi mavsumda sevimli jamoamizning barcha musobaqalarda muvaffaqiyatli va g‘olibona qatnashuvini ta’minlashda samarali yordam berishiga tilakdoshmiz”, deyiladi manba xabarida.
LiveBarchasi