Ikkovlonning rejasi ish bermadi
Jamiyat
−
19 Sentabr 2019
4595Shu yilning 16 sentyabridan 17 sentyabrga o‘tar kechasi taxminan soat 3:00 da, 24 yoshli Danil I. va 27 yoshli Pavel Yu. poytaxtning Mirzo-Ulug‘bek tumanida dorixona eshigining qulfini buzib, ichkariga kirgan.
Ikkovlon narxi 6 million 400 ming so‘m va 4 million so‘m bo‘lgan ikkita "AVTECH" protsessorlarini o‘g‘irlab, voqea joyidan yashirinishga uringan. Ammo ular tez orada IIBB xodimlari tomonidan qo‘lga olingan.
Ushbu fakt asosida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi ("O‘g‘rilik") bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi.
LiveBarchasi