Ikkiyuzlamachilik – Kreml korchaloni Twitter`ning xavotiriga javob qaytardi
Olam
−
11 mart 2021
6108Amerikaning Twitter kompaniyasi Rossiyadagi faoliyatiga cheklovlar o‘rnatilishidan xavotirda ekanini bildirib, o‘zi ham yoqimsiz fikrlarni bloklash bilan shug‘ullanishini unutib qo‘ygan. Rossiya Tashqi ishlar vazirligining rasmiy vakili Mariya Zaxarova o‘zining Facebook sahifasida kompaniyaning tashvishiga shunday munosabat bildirdi.
“Shu Twitter`ning o‘zi bir necha oy avval AQSHning [sobiq] Prezidenti [Donald Tramp] ni bloklagani haqida aytmaganmidi? Ularga o‘zlarining raqamli yutuqlari daftarchasi kerak, aks holda serverda xotira yetarli emasdek taassurot qoldiryapti. Shunday qilib, kompaniya "tizimdagi nosozlik" sabab o‘zi qilayotgan ishga ham xavotir bildiryapti”, degan Zaxarova.
Avvalroq, Rossiyaning Aloqa, axborot texnologiyalari va ommaviy axbrot vositalari sohasidagi nazorat bo‘yicha federal xizmati (Roskomnadzor) mamlakat Twitter`ning ishlash tezligi pasaytirilishini e’lon qildi. Bunga ijtimoiy tarmoqda mamlakatda taqiqlangan kontent o‘chirib tashlanmayotgani sabab qilib ko‘rsatildi.
Shundan so‘ng, Twitter Rossiyada internetdagi ommaviy aloqani blokirovka qilish va cheklashga urinishlar ko‘payib borayotganidan qattiq xavotirda ekanini bildirdi.
Ma’lumot uchun, 1 fevralda Rossiyada ijtimoiy tarmoqlarga mamlakatda taqiqlangan kontentni mustaqil ravishda aniqlash va bloklashni majburiyatini yuklovchi qonun kuchga kirdi. Endilikda ijtimoiy tarmoqlar taqiqlangan ma’lumotlarni xudlik bilan aniqlab, uni bloklashi kerak bo‘ladi.
LiveBarchasi