Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga 8 million so‘mdan mukofot beriladi

Jamiyat

image

2020 yilda ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga 9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan 8 000 000 so‘mlik bir martalik pul mukofoti beriladi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyevning “Ikkinchi jahon urushidagi G‘alabaning 75 yilligini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish to‘g‘risida”gi farmoni loyihasida ma’lum qilingan. 

8 million so‘mlik mukofot puli quyidagilarga beriladi:

“1941-1945 yillardagi Ulug‘ Vatan urushida Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun” va “Yaponiya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun” medallari bilan, urush yillarida jangovar xizmatlari uchun olingan boshqa orden va medallar bilan mukofotlangan yoki urush qatnashchisi guvohnomasiga yoxud Vatan urushi nogironi guvohnomalariga ega bo‘lgan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlari, shuningdek Ikkinchi jahon urushi yillarida fidokorona mehnati uchun mukofotlangan, shu jumladan, “1941-1945 yillar Ulug‘ Vatan urushidagi shavkatli mehnati uchun”, “Mehnatdagi jasorati uchun”, “Mehnatda o‘rnak ko‘rsatganligi uchun” medallariga yoki 1941-1945 yillardagi urush davrida qurolli kuchlarda fuqaro shaxslarni erkin yollash bo‘yicha shtat lavozimida bo‘lganlik to‘g‘risidagi guvohnomaga ega bo‘lgan mehnat fronti qatnashchilari.

Eslatib o‘tamiz, Ikkinchi jahon urushida erishilgan g‘alabaga 75 yil to‘lishi munosabati bilan  “Ikkinchi jahon urushidagi G‘alabaning 75 yilligi” esdalik yubiley medali ta’sis etilmoqda.
 


Maqola muallifi

Teglar

Ikkinchi jahon urushi

Baholaganlar

37

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing