Ikkinchi mutaxassislikka qabul boshlandi

Jamiyat

image

2025/2026-o‘quv yilida ikkinchi va undan keyingi ta’lim (ikkinchi mutaxassislik) uchun talabgorlarni onlayn ro‘yxatdan o‘tkazish boshlandi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, qabul vazirlikning Yagona ta’lim xizmatlari portali my.edu.uz orqali joriy yilning 10 avgust kuniga qadar onlayn shaklda amalga oshiriladi.

Bunda nomzodlar platformada:

  • o‘zining pasport ma’lumotlari, JSHSHIR ma’lumoti haqida axborotlarni kiritadi;
  • diplom va uning ilovasining elektron nusxasini yuklaydi;
  • hamda o‘qish istagini bildirgan oliy ta’lim muassasasi va ta’lim yo‘nalishini tanlaydi.

Ikkinchi va undan keyingi oliy ma’lumot bo‘yicha o‘qitish to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.

Ma’lumot uchun, ikkinchi va undan keyingi oliy ta’lim bo‘yicha qabul parametrlari oliy ta’lim muassasasining ilmiy-pedagogik salohiyati va moddiy-texnik bazasi hisobga olingan holda oliy ta’lim muassasasi kengashi tomonidan belgilanadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2025-2026 o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalarining magistratura mutaxassisliklariga o‘qishga kirish uchun qabul boshlangani xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Ikkinchi mutaxassislik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar