Ikki yildan so‘ng o‘zbekistonliklarning ilk guruhi Umra ziyoratiga jo‘nab ketdi (fotoreportaj)
Jamiyat
−
22 yanvar 2022
12554Bugun erta tongda “Umra – 2022” mavsumining ilk ziyoratchilari Toshkent xalqaro aeroportidan Saudiya Arabistoniga jo‘nab ketdilar. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi xabar qildi.
Ma’lum qilinishicha, Umra safariga yo‘l olgan o‘zbekistonliklarni kuzatish uchun taniqli ulamolar, imom-domlalar va mutasaddilar Toshkent xalqaro aeroportida jam bo‘lgan.
Ma’lumot o‘rnida, 25, 28 yanvar kunlari navbatdagi reyslar amalga oshiriladi. Kelgusida reyslar sezilarli darajada oshirib boriladi.
O‘zbekistonliklar uchun Umra ziyoratini amalga oshirish 2020 yilning fevral oyida koronavirus dunyo bo‘ylab “sayohatga chiqqach” to‘xtab qolgandi.
Oradan qariyb ikki yil o‘tib, joriy yilning 5 fevral kuni o‘zbekistonliklar uchun Umra safariga yo‘l ochildi.
LiveBarchasi