Ikki yoshli bola Damas urib ketishi oqibatida vafot etdi

Jamiyat

image

Namanganda ikki yoshli bola Damas urib ketishi oqibatida vafot etdi. Bu haqda Viloyat IIB Axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 2023 yil 20 aprel kuni soat 14:00 larda Kosonsoy tumani “Rovot” MFY Rovot ko‘chasi ichki yo‘lida 1966 yilda tug‘ilgan fuqaro Damas rusumli avtomashinasini boshqarib ketayotib, yo‘lni kesib o‘tayotgan 2021 yilda tug‘ilgan bolani urib yuborgan. Hodisa oqibatida jabrlanuvchi bosh miya yopiq shikasti, peshona yuz sohasi shilingan jarohati bilan tuman shifoxonasiga yotqizilgan. Ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramay, bola shifoxonada vafot etgan.

Mazkur holat bo‘yicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Nurmuhammad Fayzullayev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Damas

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing