Ikki viloyatda elektr va gazni o‘marganlar ushlandi

3-sahifa

image
Namangan va Toshkent viloyatlarida energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etildi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar qildi.

Qayd etilishicha, Departamentning Uychi tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda yakka tartibdagi tadbirkor D.A. “Uychi dehqon bozori” MCHJ hududidagi savdo do‘konida umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga tijorat maqsadida o‘zboshimchalik bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulanib, 119,5 million so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.

Bundan tashqari, O‘rtachirchiq tumanida fuqaro A.A. “Burgalik” MFY hududidagi xonadonida tabiiy gaz tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulanib, 107,8 million so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.

Shuningdek, Departamentning Davlatobod tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tekshiruvda ham fuqaro I.M. tabiiy gaz tarmog‘iga tijorat maqsadida o‘zboshimchalik bilan ulanib, 99,8 million so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani aniqlangan.

Bildirilishicha, mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Jizzax viloyatining Yangiobod tumanida 3,1 milliard, Buvaydadagi ustaxonada 137,1 million, Norin tumanidagi uy-xonadonida esa 120,1 million so‘mlik elektr energiyasini o‘marish holatlari aniqlangandi.

Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing