Ikki viloyat hokimiga polkovnik unvoni berildi
Jamiyat
−
15 yanvar 2023 24978 1 daqiqa
Samarqand va Farg‘ona viloyati hokimlari polkovnik unvoni bilan taqdirlandi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Kecha, 14 yanvar kuni Samarqand viloyati hokimi Erkin Turdimovga mudofaa vazirining buyrug‘i bilan polkovnik harbiy unvoni berildi.
Turdimovga harbiy unvonni Markaziy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni general-mayor Oybek Saidov topshirdi.
Shuningdek, Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorovga ham mudofaa vaziri buyrug‘i bilan polkovnik harbiy unvoni berildi.
Bundan tashqari, Xayrullo Bozorov Mudofaa Vazirining buyrug‘i bilan, O‘zbekiston mudofaa qobiliyatini mustahkamlash yo‘lida faol ishtiroki uchun I darajali “Namunali xizmati uchun” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
Unga bu unvon va nishonni Sharqiy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni, polkovnik Lutfulla Buzrukov topshirdi.
Live
Barchasi