Ikki oyda 26 kishini “uxlatgan” qizga jinoyat ishi ochildi

Jamiyat

image

Surxondaryo viloyati Denov tumanidagi Yangi hayot mahallasida yashovchi Soliya Salimova (ism-shariflar o‘zgartirildi) mo‘may daromad ko‘rishning antiqa yo‘lini o‘ylab topadi. U tuman markazida joylashgan aviakassada soxta aviachipta sotib, boyimoqchi bo‘ladi. Shu maqsadda joriy yilning mart va aprel oylarida Rossiya Federatsiyasiga ketmoqchi bo‘lgan 26 fuqaroga naqd 48 million 515 ming so‘mlik soxta aviachiptani pullab, ularni chuv tushirib ketadi.

Bu haqda tumandagi Yurchi mahallasida yashaydigan, vaqtincha ishsiz Qayum Nabiyev ichki ishlar idorasiga murojaat etib, xabar bergach, 23 yoshdagi “uddaburon” qizning nayrangi fosh etildi.

Mazkur holat bo‘yicha S.Salimovaga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.


Maqola muallifi

Teglar

Jinoyat

Baholaganlar

125

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing