Ikki oy oldin cho‘chqa yuragi o‘rnatilgan odam vafot etdi

Olam

image

Ikki oy oldin amerikalik shifokorlar tomonidan geni o‘zgartirilgan cho‘chqaning yuragi ko‘chirib o‘tkazilgan birinchi bemor (erkak) vafot etdi. Bu haqda Merilend universiteti tibbiyot markazi shifokorlari ma’lum qilgan

Qayd etilishicha, bemor Devid Bennet 57 yoshda bo‘lgan. Dastlab yangi yurak ishlagan, biroq bir necha kun avval amerikalikning ahvoli yomonlasha boshlagan. Shundan so‘ng, erkak joriy yilning 8 mart kuni vafot etgan. 

Ma’lumotlarga ko‘ra, o‘tgan yili 41 mingdan ortiq amerikalik organ transplantatsiyasi operatsiyasidan o‘tgan, biroq donor organlarning keskin tanqisligi saqlanib qolmoqda va har kuni o‘nga yaqin odam transplantatsiya navbati yetmasidan vafot etadi.

Olimlar kelajakda geni o‘zgartirilgan hayvonlardan organ transplantatsiyasi ko‘plab insonlarning hayotini saqlab qolishiga umid qilmoqda, birgina AQSHning o‘zida yarim milliondan ortiq odam organ donorligiga muhtoj.

Eslatib o‘tamiz, amerikalik shifokorlar ilk bor joriy yilning 7 yanvar kuni odamga geni o‘zgartirilgan cho‘chqaning yuragini muvaffaqiyatli ko‘chirib o‘tkazgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1020

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing