Ikki oy ichida deyarli 100 ming yosh Ukrainani tark etdi

Olam

image

Ukrainada 18 yoshdan 22 yoshgacha bo‘lgan erkaklarga mamlakatni tark etishga ruxsat berilganidan so‘ng 100 mingga yaqin ukrainalik yosh Polsha chegarasi orqali mamlakatni tark etdi. Bu haqda “Thye Telegraph” xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, aksariyat ukrainalik yoshlar Germaniyaga chiqib ketgan. Shu yilning oktyabr oyida haftasiga 1400-1800 ukrainalik Germaniyaga kirgan. Ukraina Yoshlar va sport vaziri Matvey Bedniy avvalroq Ukrainada harbiy amaliyotlar boshlanganidan beri 1,7 million yosh mamlakatni tark etgani haqida aytgan. 

“Ularning ko‘pchiligi o‘qish uchun ketgan va qaytib kela olmaganlar edi.  Bu yoshlar o‘qishga ketgan va ta’tilda ota-onasining uyiga qayta olmagan va do‘stlari bilan uchrasha olmagan”, deya tushuntirgan vazir.

Qayd etish joiz, 2022 yil fevral oyida Ukrainada harbiy amaliyot boshlanganidan so‘ng hukumat 18 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan erkaklar uchun  mamlakatni tark etish bo‘yicha cheklovlar joriy etgan edi. Shu yilning avgust oyida Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy 18 yoshdan 22 yoshgacha bo‘lgan ukrainaliklarga mamlakatdan tashqariga chiqishga ruxsat bergan. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ukrainada deputatlar harbiy holat va safarbarlikni yana 90 kunga cho‘zish uchun ovoz bergandi. Shu tariqa, Ukrainada harbiy holat va umumiy safarbarlik 2026 yil 3 fevralgacha amal qiladi.

Bunyod Keldiboyev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Ukraina Pol'sha Vladimir Zelenskiy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing