Ikki nafar o‘zbekistonlik Tokio olimpiadasida hakamlik qiladi

Sport

image

Ikki nafar o‘zbekistonlik Tokio olimpiadasida hakamlik qiladi. Bu haqda Xalqaro dzyudo federatsiyasi (IJF) Hakamlar qo‘mitasi ma’lum qildi. Tashkilot bu borada O‘zbekiston dzyudo federatsiyasiga rasmiy maktub yo‘llagan hamda tegishli sertifikatlarni taqdim etgan.

Unga ko‘ra, Tokio-2020 yozgi Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlarida Ramziddin Saidov hamda Vyacheslav Pereteyko hakamlik vazifasini bajaradi.

Xalqaro toifadagi referi Ramziddin Saidov shu kungacha O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan sportchi, "O‘zbekiston belgisi" ko‘krak nishoni, "Shuhrat" medali kabi yuksak davlat mukofotlari bilan taqdirlangan.

Xalqaro toifadagi referi Vyacheslav Pereteyko ham IJF bayrog‘i ostida o‘tkazib kelinayotgan barcha turdagi musobaqalarda hakamlik qilib kelgan. 

U sportchilik faoliyati davomida asosan -90 kg vazn toifasida bellashgan. Afina-2004 Olimpiadasi ishtirokchisi, Osiyo chempionatlarining kumush va bronza, Osiyo o‘yinlarining bronza medali sovrindori.


Maqola muallifi

Teglar

Olimpiada

Baholaganlar

51

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing