Ikki mingdan ortiq noqonuniy migrant Rossiyadan chiqarib yuborilyapti
Olam
−
17 Oktabr
4500Moskvada bir hafta davom etgan “Nelegal 2024” operatsiyasining ikkinchi bosqichi yakunlari bo‘yicha 2 mingdan ortiq muhojir Rossiyadan chiqarib yuboriladi. Bu haqda Rossiya Ichki ishlar vazirligiga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi.
Tadbir doirasida Rossiya Ichki ishlar vazirligining Moskva shahridagi Bosh boshqarmasi politsiya xodimlari tomonidan migratsiya qonunchiligining 13 mingdan ortiq buzilishi aniqlangan.
"Ma’muriy materiallarni ko‘rib chiqish natijalariga ko‘ra adliya organlari tomonidan chet el fuqarolarini Rossiya Federatsiyasidan ma’muriy ravishda chiqarib yuborish to‘g‘risida ikki mingdan ortiq qarorlar, chet el fuqarolarini chiqarib yuborish to‘g‘risida 20 ta qaror, 12 ta deportatsiya bo‘yicha qaror qabul qilindi", deyiladi politsiya matbuot xizmati xabarida.
Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining noqonuniy migratsiyani tashkil etish moddalari bo‘yicha 420 ta jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Rossiyaning Moskva shahri Domodedovo aeroportida migrantlarning ommaviy deportatsiyasi bo‘lib o‘tgandi. Guvohlar yuzga yaqin chet el fuqarolarining Domodedovo aeroportida deportatsiya qilinayotganini videoga olgan. Niqobli xavfsizlik xodimlari qo‘llarini yuqoriga ko‘targan holda erkaklar va ayollardan iborat migrantlarni jo‘nab ketish maydoniga olib kirgan. Deportatsiya qilinayotgan migrantlar qaysi davlat fuqarolari ekani haqida ma’lumotlar ochiqlanmagan.
LiveBarchasi