Ikki kunda 2 ta mashinani olib qochgan “uddaburon” qo‘lga tushdi

3-sahifa

image

Toshkent viloyatida transport vositalarini olib qochgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Matbuot xizmati QALAMPIR.UZ’ga xabar berdi.

Aniqlanishicha, joriy yilning 10 may kuni Toshkent viloyati Nurafshon shahrida fuqaro VAZ 210 13 rusumli avtoulovining eshiklarini yopmasdan, kalitini ham o‘zida qoldirib ketgan. U qaytib chiqqanida, avtomobili joyida yo‘q bo‘lgan.

Xuddi shunday holat 12 may kuni Quyichirchiq tumanida ham sodir bo‘lgan. “Sergeli” mahallasi hududida joylashgan dala maydonida turgan fuqaroning Nexia avtomashisi noma’lum tomonga olib qochib ketilgan.

Bu ikki holat o‘rtasida o‘zaro bog‘liqlik mavjudligi bo‘yicha dastlabki xulosalar olinib, tezkor qidiruv tadbirlari tashkil qilingan.

Quyichirchiq tuman Ichki ishlar bo‘limi tezkor xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tadbirlar davomida Nexia avtomashinasini 1991 yilda tug‘ilgan Toshkent viloyati Parkent tumanida yashovchi shaxs olib qochgani aniqlanib, daliliy ashyolar bilan ushlangan.

Olib borilgan surishtiruv ishlari davomida ushbu shaxs yuqorida keltirilgan VAZ 210 13 rusumli avtomashinani ham olib qochib ketgani ma’lum bo‘lgan.

Hozirda gumonlanuvchini boshqa jinoyatlarga aloqadorligini tekshirish maqsadida qo‘shimcha surishtiruv ishlari olib borilayotgani aytilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

o'g'rilik Toshkent viloyati

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing