Ikki kun ichida Toshkent havosi ifloslangani aniqlandi
Jamiyat
−
29 noyabr 2019
4386O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazi Toshkent shahridagi ifloslanish darajasi ortgani haqida ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 27 noyabr va 28 noyabr kunlari tongda Toshkent shahridagi meteorologik sharoitlar shaharning havo muhitida zararli moddalarning saqlanib qolinishiga imkoniyat yaratgan. Ruxsat etilgan me’yor (REM)dan yuqori bir kecha-kunduzlik konsentratsiyalar soni umumiy kuzatishlar soniga nisbatan 18% foizni tashkil etgan. Bu esa atmosfera ifloslanishining past darajasiga mos keladi.
Nazoratdagi zararli moddalar konsentratsiyaning o‘rtacha miqdori 27 noyabrda quyidagini tashkil etdi: chang – 0,0; uglerod oksidi – 0,7; oltingugurt dioksidi – 0,0; azot dioksidi – 1,3; fenol – 0,3; vodorod ftorid – 0,6; ammiak – 0,3 REM o‘rtacha qig‘mat.
Statsionar postlarning kuzatuv ma’lumotlariga ko‘ra, quyidagi tumanlarda havoning ifloslanishi bir martalik REMdan ortgani qayd etilgan.
5 holatda – azot dioksidi:
Yashnobod tumani -18 post, 07:00-1,1 bir martalik REM.
Yaqqasaroy tumani - 4 post, 07:00-1,1 bir martalik REM.
Mirobod tumani -14 post, 07:00-1,2 bir martalik REM.
Sergeli tumani -23 post, 07:00-1,1 bir martalik REM.
Qibray tumani -28 post, 07:00-1,2 bir martalik REM.
Boshqa tumanlarda olingan ma’lumotlar bo‘yicha yo‘l qo‘yilgan chegaraviy miqdorning bir martali qiymati bir martalik REMdan yuqori bo‘lgani kuzatilmadi.
Sergelida formaldegid maksimal yig‘indisining quyidagi konsentratsiyalari kuzatildi: 27 noyabrda soat 07:00 – 0,004 mg/m3; 13:00 – 0,021 mg/m3; 19:00 – 0,000 mg/m3.
Bir martalik REMdan formaldegid – 0,035 mg/m3, REM o‘rtacha qiymat formaldegid – 0, 003 mg/m3 qaysiki II guruh zaxarli (kuchli allergik) modda hisoblanadi.
30 noyabr, 1-2 dekabr va 3 dekabr tongida Toshkent shahrining ob-havo sharoiti shahar havo muhitida zararli moddalarning bir oz yig‘ilishiga imkoniyat yaratadi. Ifloslanish darajasi past bo‘ladi.
LiveBarchasi