Ikki qizni urib yuborgan Cobalt haydovchisi tibbiy yordam ko‘rsatmasdan qochib ketdi (video)

3-sahifa

Qarshi shahrida haydovchilardan biri piyodalar yo‘lakchasidan o‘tayotgan ikki nafar qizni urib, qochib ketdi. Tezkor surishtiruvlarda haydovchi topilib, unga chora ko‘rilgan. Bu haqda IIV YHXBB xabar bermoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, hodisa joriy yil 19 mart kuni soat 15:20 larda, Qarshi shahar, Islom Karimov ko‘chasida joylashgan savdo markazi ro‘parasida yuz bergan. Cobalt avtomashinasi haydovchisi piyodalar o‘tish joyidan yo‘lni kesib o‘tayotgan D.B. va M.B.ni urib yuborib, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatmasdan hodisa joyidan qochib ketgan. Piyodalar B.D. va M.B. yengil tan jarohati bilan shifoxonaga murojaat qilgan.

Shundan so‘ng, Qarshi shahar IIO FMB YHXB xodimlari tomonidan olib borilgan surishtiruvda Cobalt haydovchisi topilgan. Holat yuzasidan tegishli hujjatlar to‘planib, jinoyat ishlari bo‘yicha Qarshi shahar sudiga yuborilgan.

Qayd etilishicha, sud tomonidan haydovchi Sh.N. ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 133 (transport vositalari haydovchilarining yo‘l harakati qoidalarini buzishi, jabrlanuvchiga yengil tan jarohati yoki ancha miqdorda moddiy zarar yetkazilishiga olib kelishi) va 137-moddalari (yo‘l-transport hodisasi yuz bergan joydan ketib qolish)da ko‘rsatilgan huquqbuzarlikni sodir etgan, deya topilib, unga nisbatan 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Qarshi

Baholaganlar

221

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing