Ikki davlatda hukumat iste’foga chiqdi

Olam

image

Senegal va Bolgariyada hukumat iste’foga chiqdi. Bu haqda ikkala davlatning ham mahalliy nashrlari xabar berdi.

“6 mart kuni Senegal Prezidenti Makki Sal chorshanba kuni hukumatni tarqatib yubordi va Ichki ishlar vaziri Sidiki Kabani mamlakatning yangi Bosh vaziri etib tayinladi”, deyiladi xabarda.

Fransuz manbalarining qayd etishicha, Senegal Konstitutsiyaviy sudi mamlakatda prezidentlik saylovlari mamlakatning amaldagi rahbari Makki Salning vakolat muddati tugaydigan 2 apreldan kechiktirmay o‘tkazilishi kerakligini ilgari surmoqda. Senegal parlamenti dastlab 2024 yil fevraliga belgilangan prezidentlik saylovlarini 2024 yilning 15 dekabriga ko‘chirish to‘g‘risidagi qonunni qabul qilgan bo‘lsa-da, o‘tgan hafta konstitutsiyaviy sud prezident Salning saylovlarni kechiktirish haqidagi farmonini bekor qildi. 

Shuningdek, Bolgariya milliy televideniyesining ma’lum qilishicha, 5 mart kuni Bolgariya Xalq Assambleyasi o‘lka Bosh vaziri Nikolay Denkov boshchiligidagi hukumat iste’fosini qabul qildi. Bu qarorni 216 deputatdan barchasi bir ovozdan qo‘llab-quvvatlagan. Hukumat yangi Vazirlar Mahkamasi saylangunga qadar o‘z vazifalarini bajarishda davom etadi.

Denkov 2023 yil 6 iyunidan buyon Bosh vazir lavozimini egallab kelayotgan edi. Uning o‘rniga o‘ng markazchi GERB (Yevropa taraqqiyoti uchun Bolgariya fuqarolar) partiyasining sobiq Yevropa komissari, hukumat iste’fosiga qadar Denkovning o‘rinbosari va tashqi ishlar vaziri bo‘lib ishlagan Mariya Gabriel kelishi kutilmoqda. Gabrielning o‘rnini kimyo professori, sobiq ta’lim vaziri va 5 martgacha bosh vazir lavozimida ishlagan Denkov egallaydi. 2023 yil 6 iyun kuni kelishilgan qarorga muvofiq o‘rinlarini almashishi kerak. Kelishuvga ko‘ra, ular to‘qqiz oy ichida, ya’ni 6 martda o‘z joylarini almashtirishi ko‘zda tutilgan.

Eslatib o‘tamiz, fevral oyida Qozog‘iston va Ozarbayjonda ham hukumat iste’fosi qabul qilingan edi.


Maqola muallifi

Teglar

iste'fo Bolgariya Senegal hukumat

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing