Ikki haftada uchinchisi: KXDR Yapon dengiziga yana raketa uchirdi 

Olam

image

Shimoliy Koreya bugun, 14 yanvar kuni Yapon dengizi tomonga yana bir raketa uchirdi. Bu haqda Yaponiya Sohilbo‘yi qo‘riqlash xizmati xabar bergan. 

Qayd etilishicha, KXDR tomonidan uchirilgan raketa ballistik bo‘lishi mumkin. Xuddi shunday taxminni Yaponiya Vazirlar Mahkamasi va Yaponiya Mudofaa vazirligi ham bildirgan. 

Yaponiya Sohilbo‘yi qo‘riqlash xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, KXDR raketasi allaqachon qulagan bo‘lishi mumkin, biroq hozirda halokatning aniq joyi o‘rganilmoqda. Xizmat Yaponiya dengizidagi kemalarni raketa qoldiqlari topilsa, ulardan uzoqroq turishga chaqirmoqda. 

Bu Pxenyan tomonidan joriy yilda uchinchi raketa uchirilishidir. 

Janubiy Koreya shtab boshliqlari qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yilning 11 yanvar kuni mahalliy vaqt bilan soat 07:27da (Toshkent vaqti bilan 03:27) ballistik raketa KXDRning ichki qismidan Yapon dengizi yo‘nalishida uchirilgan. Bu qishki harbiy mashg‘ulotlarning bir qismi sifatida sodir bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Yana bir ishga tushirish 5 yanvar kuni bo‘lib o‘tdi. 

Ushbu voqealar ortidan AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken Koreya Xalq Demokratik Respublikasi rasmiylari AQSHning diplomatik takliflariga javob bermagani va Koreya yarimorolidagi vaziyatni beqarorlashtiruvchi raketa sinovlarini qayta boshlagani bo‘yicha bayonot berdi.


Maqola muallifi

Teglar

raketa KXDR

Baholaganlar

140

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing