Ixtiyor Abdullayevning sudi tugadi
Jamiyat
−
27 Sentabr 2019
13190Avval xabar berganimizdek, joriy yilning iyul oyida O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining sobiq raisi Ixtiyor Abdullayevga nisbatan sud ishi boshlangan edi.
Bugun, 27 sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan Ixtiyor Abdullayevga aloqador jinoyat ishi bo‘yicha o‘tkazilgan sud qarori e’lon qilinishi kutilmoqda.
O‘zbekiston DXX sobiq raisi Ixtiyor Abdullayev mansab vakolatini suiiste’mol qilish va poraxo‘rlikda ayblangan edi.
Ma’lumot uchun, Ixtiyor Abdullayev 2018 yilning 31 yanvaridan 2019 yilning fevraliga qadar DXXga rahbarlik qildi.
U 2015 yildan 2018 yilgacha O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori lavozimida ishlagan. 2010 yildan 2015 yilga qadar Oliy Majlis Senati a’zosi bo‘lgan.
QALAMPIR.UZ’ga ma’lum bo‘lishicha, Ixtiyor Abdullayevni tergov qilish ishlari Prezident Shavkat Mirziyoyevning kenja kuyovi – Prezident xavfsizlik xizmati raisining birinchi o‘rinbosari – Triatlon federatsiyasi raisi Otabek Umarov tomonidan olib borilgan.
Eslatib o‘tamiz, Ixtiyor Abdullayev ishi O‘zbekiston harbiy sudida ko‘rib chiqildi va tamomila yopiq holatda o‘tkazildi.
LiveBarchasi