Iker Kasilyas infarktdan keyingi hayotini gapirib berdi

Sport

image

Ispaniya milliy jamoasi va “Real” klubining sobiq darvozaboni, ayni paytda “Portu” sharafini himoya qilayotgan Iker Kasilyas infarkt bo‘lgandan keyingi hayoti haqida so‘zlab berdi. Bu haqda Portugaliya klubi matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, u endi juda ko‘p dori iste’mol qilmoqda. 

“Men realist bo‘lishim zarur. Men uchun endi eng muhimi – salomatlik. Infarktdan so‘ng men uchun juda qo‘rqinchli bo‘lgan: uxlashga, yurishga, jismoniy mashqlar qilishga qo‘rqardim. Ammo hozir sog‘lig‘im yaxshi.

O‘shandan beri hayotga bo‘lgan munosabatimni qayta ko‘rib chiqdim va uning qadrini ko‘proq anglay boshladim”, dedi Kasilyas.

Ma’lumot o‘rnida, Iker Kasilyas 2019 yilning may oyi boshida mashg‘ulotlar vaqtida infarkt bo‘lgan edi. Unda jarrohlik o‘tkazilgan, qon aylanish tizimi me’yorlashtirilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Iker Kasil'yas

Baholaganlar

249

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing