Iqtisodiyotda mo‘’jiza bo‘lmaydi – Abduqodirov
Jamiyat
−
10 avgust 2023
7013Avvalroq O‘zbekistonda dollar kursi keskin oshib, inflyatsiyada “portlash” sodir bo‘lgani haqida xabar bergan edik. Mamlakat tarixida birinchi marta dollar birdaniga 400 so‘mga oshib, 12 ming so‘mni tashkil qilmoqda.
Mazkur holat bo‘yicha iqtisodchilardan birinchi bo‘lib Abdulla Abduqodirov fikr bildirdi. Uning aytishicha, iqtisodiyotda mo‘jizalar sodir bo‘lmaydi.
“Dollar kursiga qarab, yangi sovuq shamollarni his qildinglar-mi? Mo‘jiza iqtisodiyotda bo‘lmaydi. Inflyatsiya va almashuv kursini barobar stabil ushlab bo‘lmaydi. Ayniqsa, o‘sib borayotgan davlat xarajatlari va katta qarz sharoitida. Yangi supurgi...”, degan u o‘zining Twitter sahifasida.
Shuningdek u “bu muvozanatmi?” degan savolga “qanaqa muvozanat haqida gapiryapsiz? Bu muvozanatsizlik”, deya javob qaytargan.
Ma’lumot uchun, Markaziy bank O‘zbekistonda inflyatsiyaning oshishiga asosiy savdo-hamkor davlatlar milliy valyutalarining sezilarli qadrsizlanishini sabab sifatida keltirgan edi. Gap katta ehtimol bilan Rossiya rubli haqida ketmoqda. So‘nggi marta mazkur valyuta 1,40 so‘mga tushib, 119,99 so‘mni tashkil qilgan edi.
Eslatib o‘tamiz, “Forbes” nashri reytinggida o‘zbek so‘mi dunyodagi eng zaif valyutalar o‘ntaligining 7-pog‘onasidan joy olgan edi.
LiveBarchasi