Iqtisodiy turg‘unlikka uchragan Britaniyada soliqlar oshirilmoqda

Olam

image

Buyuk Britaniya iqtisodiyoti joriy yilning sentyabr oyigacha bo‘lgan uch oy muddat ichida yana pastladi. Ushbu turg‘unlik uzoq vaqt davom etishi taxmin qilinmoqda. Britaniya Moliya vaziri Jerimi Xant kelasi haftada soliqlar oshirilishi va byudjet xarajatlari qisqarishini ma’lum qildi. Bu haqda “Reuters” agentligi yozmoqda.

Bugun, 11 noyabr kungi rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, uchinchi chorakda iqtisodiy ishlab chiqarish 0,2 foizga qisqargan. Bu tahlilchilar bashorat qilgan 0,5 foizdan kamroq. Ammo bu yalpi ichki mahsulotning 2021 yil boshidan beri birinchi pasayishi bo‘lgan. O‘shanda pasayishga Britaniyadagi koronavirusga qarshi qattiq cheklovlar sabab bo‘lgandi. Uy xo‘jaliklari va korxonalar hayoti juda qiyin ahvolda bo‘lgan. Ular jiddiy inqiroz bilan kurashayotgandi.

Britaniya iqtisodiyoti hozirda pandemiyadan oldingi hajmidan ancha past. U hali ham COVID inqirozidan so‘ng to‘liq tiklanmagan iqtisod hisoblanadi. Shunday bo‘lsa-da, Britaniya iqtisodi hamon dunyoning kuchli yettiligiga kiradi.

“Resolution Foundation” tahlil markaziga ko‘ra, pasayish sarmoyadorlar qo‘rqqanidan kichikroq bo‘lsa-da, bu Britaniyada oxirgi marta 1970 yilda kuzatilgan tanazzuldan beri eng yomon ko‘rsatkichdir.

Iqtisodiy tadqiqotchi Jeyms Smitning aytishicha, Britaniya iqtisodiyoti kutilganidan kamroq qisqargani Moliya vaziri Hant 17 noyabrdan soliqlarni oshirish va xarajatlarni kamaytirish haqidagi bayonotiga yaxshi fon bo‘lib xizmat qiladi.

Smitga ko‘ra, vazir Jerimi Hant Liz Trassning qisqa vaqt Bosh vazirlik qilganidan so‘ng, Britaniyaning moliyaviy va iqtisodiy siyosati hali ham kuchliligiga va muammolarni to‘g‘rilash mumkinligiga investorlarni ishontirishi kerak.

“Moliya vaziri yashash xarajatlari inqirozini kuchaytirmasdan yoki haddan tashqari ko‘p bo‘lgan davlat xizmatiga zarba bermasdan davlat moliyasini barqaror yo‘lga qo‘yish o‘rtasida muvozanatni saqlashi kerak”, degan Smit.

Xant soliqlar va xarajatlar bo‘yicha qattiq qarorlar qabul qilish zarurligi haqida ogohlantirishlarini takrorlagan.

“Oldinda ishonch va iqtisodiy barqarorlikni tiklash uchun o‘ta og‘ir qarorlarni talab qiladigan qiyin yo‘l bor, degan xayolga bormayman. Ammo uzoq muddatli, barqaror o‘sishga erishish uchun biz inflyatsiyani ushlab turishimiz, hisob-kitoblarni muvozanatlashimiz va qarzlarni kamaytirishimiz kerak. Boshqa yo‘l yo‘q”, degan Xant o‘z bayonotida.


Maqola muallifi

Teglar

Buyuk Britaniya Jerimi Xant

Baholaganlar

72

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing