Iqbol Mirzo: Qabul qilgan qarorimiz natija bermadi 

Jamiyat

"Keyingi paytlarda bizga kelayotgan murojaatlarda to‘y-hashamlar, maraka v marosimlarni tartibga solish masalasi nima uchun  to‘xtab qoldi degan ko‘p savollar kelib tushyapti", dedi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi raisi Iqbol Mirzo bugun, 14 sentyabr kuni o‘tkazilgan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati va Qonunchilik palatasi Kengashlarining qo‘shma majlisida. 

"Tuy hashamlarni soddalashtirish buyicha 2018 yilda  qaror qabul qilganmiz, Lekin biz mas’uliyatni jamoatchilik, komissiya hududlardagi komissiyalarga yuklanganmiz. Afsuski natija bo‘lmadi. Afsuski, bachkanalik, pul sochish, qator-qator mashinalarda sayr qilish hamon mavjud. To‘y-hashamlarda, oilaviy tantanalarda maraka va marosimlarda, marhumlarning xotirasiga bag‘ishlangan tadbirlar o‘tkazishda shuhratparastlik, o‘zini ko‘z-ko‘z qilish, boshqalarning ijtimoiy ahvolini inobatga olmaslik, isrofgarchilik, xalqimizning urf-odatlari va an’analarini mensimaslik kabi illatlar ko‘zga tashlanmoqda", dedi Iqbol Mirzo. 

Vaholanki, bunday tadbirlar yaqin qarindoshlar o‘rtasida qarzdorlikning vujudga kelishiga va oqibatda keskin ziddiyatlarga olib kelyapti. Mana shu masalada sudlashib yurgan qarindosh-urug‘larni ko‘ryapmiz. 

Aksariyat to‘yxonalarda esa, marosimlarni o‘tkazib olishda 2-3 barobar ko‘p haq olish hollari kuzatilyapti. 

Iqbol Mirzoga ko‘ra, oilaviy tadbirlarni tartibga solish kerak. Tuy xashamlar murojaatlarda to‘y-hashamlar, maraka va marosimlarni tadbirlar tartibga solish bo‘yicha qaror loyihasi tayyorlandi. Bu borada Nizom tasdiqlanishi kutilyapti. Nizom 5 bob, 22 banddan iborat bo‘ladi. 

Senatorning aytishicha, to‘ylar o‘tkazilishidan bir hafta oldin mahallaga xabar qilinadi. Kortejda maksimum 3 ta mashina, to‘yda 250 odam, oshda 300 odam qatnashadi.

Tadbirlar Ichki ishlar organlari nazoratida o‘tadi. To‘ylarning o‘tkazilishi vaqti soat 6:00 dan 23:00 gacha etib belgilangan.


Maqola muallifi

Teglar

senator to'y

Baholaganlar

122

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing