Restoranlarga 24 soat ishlashga ruxsat berilishi mumkin
O‘zbekiston
−
20 Iyul 2020 27470 1 daqiqa
O‘zbekistondagi restoran biznesi va umumiy ovqatlanish sohasini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risidagi Prezident farmoni tayyorlandi. Bu haqda O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi xabar berdi.
Bildirilishicha, palataga sohada faoliyat yuritayotgan bir qator tadbirkorlar ushbu sohani qo‘llab-quvvatlash uchun inqirozga qarshi choralar ko‘rishga yordam berish bo‘yicha murojaat qilishgan.
Palata mutaxassislari koronavirus pandemiyasining oqibatlari va Sog‘liqni saqlash vazirligi, Sanitariya-epidemiologiya farovonligi agentligi, shuningdek, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati inspeksiyasining qat’iy qoidalari tufayli qiyin ahvolga tushib qolgan restoran biznesi va umumiy ovqatlanish shaxobchalarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha bir qator zarur va shoshilinch choralarni ko‘rish masalasida Prezident administratsiyasiga ishchi xat bilan murojaat qilgan.
Savdo-sanoat palatasiga taqdim etilgan takliflar natijalariga ko‘ra, mas’ul vazirlik va idoralar tomonidan Prezident farmoni loyihasi tayyorlandi. Unga muvofiq tadbirkorlikni, xususan ovqatlanish sohasini qo‘llab-quvvatlash maqsadida, 2020 yil oxiriga qadar quyidagi choralar ko‘riladi:
• bir qator soliq imtiyozlarini uzaytirish;
• yollanma ishchilar sonini ko‘paytirish;
• umumiy ovqatlanish yozgi terrasalarini joylashtirish tartibini joriy etish;
• umumiy ovqatlanish va boshqa ko‘ngilochar muassasalarining ish vaqtini 24 soatgacha uzaytirish va boshqalar.
Live
BarchasiZangiotadagi binoda yong‘in chiqdi
15 Noyabr
Sudan armiyasi nazoratni qayta tikladi
15 Noyabr
Qora dengizda dron kemaga hujum qildi
15 Noyabr