Livandagi namoyish politsiya va qurolli kuchlar orqali bostirilyapti
Olam
−
13 iyun 2020
5039Armiya va politsiya maxsus kuchlari norozilik namoyishchilariga qarshi ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz granatalarini qo‘llagan holda Livan poytaxti ustidan nazoratni qayta tikladi. Livan Qizil Xoch jamiyatiga ko‘ra, to‘qnashuvlar paytida kamida 11 kishi jarohat olgan. Kuch ishlatar tuzilma vakillari namoyishchilarni hukumat saroyi yaqinidagi Riad Solx maydonidan haydab chiqargan. Shaharning musulmon va nasroniy mavzelarini bog‘laydigan Ring dahasi orqali o‘tish joyi tozalangan. Bayrutning shimoliy va janubidagi yirik avtomagistrallarda transport harakati tiklandi.
11 iyun kuni Livan poytaxti Bayrut va boshqa shaharlarda tartibsizliklar boshlandi. Bunga milliy valyuta kursining rekord darajada – bir dollar uchun 3900 dan 6000 Livan funtiga qadar pasayishi sabab bo‘lgan. 12 iyun kuni Bosh vazir Hasan Diab boshchiligidagi texnokratlar hukumati moliyaviy vaziyatni barqarorlashtirish uchun rasmiylar tomonidan favqulodda choralar ko‘rilishini e’lon qildi. Livan Markaziy banki rahbari Riad Salom iste’foga chiqishi mumkinligi haqidagi bashoratlar tasdiqlanmadi.
Tomonlar o‘rtasidagi vositachilik harakatlarida faol qatnashgan parlament spikeri Nabix Berri jurnalistlar bilan uchrashuvda milliy valyutaning bozor kursi bir dollar uchun 3200 funtni o‘rnatishini aytdi.
Vaziyat maronit cherkovi rahbari Patriarx Bishara Rayaning murojaatidan so‘ng tinchlantirildi. U namoyishchilarni madaniy noroziliklardan chetga chiqmaslikka chaqirdi. U o‘tmishda og‘ir sinovlarni boshdan kechirgan Livan hozirgi inqirozni yengib, birdamlikni saqlab qolishiga ishonch bildirdi.
LiveBarchasi