IIV Toshkentdagi dahshatli YTH videosini e’lon qildi. Unda ikki kishi qurbon bo‘lgan
Jamiyat
−
01 aprel 2021
30307Joriy yilning 27 mart kuni poytaxt Toshkentda ro‘y bergan mudhish YTH bir kishini hayotdan olib ketgani haqida xabar bergan edik. So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, ushbu yo‘l-transport hodisasi oqibatida 2 kishi halok bo‘lgan. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi mazkur YTHning videosini e’lon qildi.
Dahshatli yo‘l-transport hodisasi 27 mart kuni soat 13:30 larda Toshkentning Mirzo Ulug‘bek ko‘chasida Cobalt va Lacetti avtomobillari ishtirokida sodir bo‘lgan.
Ishonchnoma asosida Cobalt rusumli mashinani boshqarib ketayotgan 43 yoshli D.K. yomg‘ir yog‘ayotgani, yo‘llar sirpanchiq bo‘lishiga qaramay, tezlikni oshirgan va natijada boshqaruvni yo‘qotib, beton to‘siqni oshib o‘tib, yo‘lning qarama-qarshi tomonida harakatlanib kelayotgan Lacetti avtomobiliga borib urilgan.
Lacetti avtomobilining 31 yashar haydovchisi Sanjarbek Rahimov olgan kuchli tan jarohatlari sabab voqea joyida vafot etgan. Avtomobil ichidagi ikki nafar yo‘lovchi 25 yoshli Sh.Sh., 33 yoshli N.K. tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan. Oradan ko‘p o‘tmay, 33 yashar Sh.K. ham vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi ochilgan va tergov harakatlari olib borilyapti.
LiveBarchasi